Hujjatlardan qidirish

Sahifa yoki bo‘lim nomini kiriting

Boshlash

Quickstart

Docker Compose orqali EduBase AI’ni lokal ishga tushirish va birinchi tekshiruv.

Talablar

  • Docker Engine va Docker Compose v2
  • Bo‘sh 80/443 portlar yoki moslashtirilgan HTTP_PORT/HTTPS_PORT
  • Provider credentiallari (real inference kerak bo‘lsa)

Ishga tushirish

Environment shablonini nusxalang, majburiy secretlarni almashtiring va stackni build bilan ko‘taring. seed profili ilk adminni alohida, bir martalik qadam sifatida yaratadi.

Lokal stack
cp .env.example .env
# .env ichidagi secret va admin qiymatlarini tahrirlang
docker compose up -d --build
docker compose --profile seed run --rm seed
docker compose ps

Sog‘liqni tekshirish

Health va readiness
curl -fsS http://localhost/health
curl -fsS http://localhost/ready
docker compose logs --tail=100 api worker web caddy

/health jarayon tirikligini, /ready esa zarur dependencylar xizmat ko‘rsatishga tayyorligini bildiradi. Readiness muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, avval PostgreSQL, Redis va migratsiya loglarini tekshiring.

Birinchi kirish

  1. Brauzerda sozlangan APP_URL manzilini oching.
  2. INITIAL_ADMIN_EMAIL va vaqtinchalik parol bilan kiring.
  3. Majburiy parol almashtirish oynasida yangi kuchli parol belgilang.
  4. Admin bo‘limida provider yarating, credential kiriting va connection testini bajaring.
  5. Model qo‘shib, capability, context window va pricing qiymatlarini sozlang.

Servislarni alohida ishga tushirish

Go API va worker
go run ./cmd/migrate
go run ./cmd/api
# boshqa terminalda
go run ./cmd/worker
Web frontend
cd web
npm ci
npm run dev